Kontent qismiga oʻtish

Zarifa Ghafari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zarifa G'afariy
Maydan Shahr meri
Mansab davri
2019-yil noyabr - 2021-yil avgust
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1992-yil (29–30 yosh)
Paktiya viloyati, Afgʻoniston
Taʼlim Panjob universiteti
Kasbi Tadbirkor, mayor
Mukofotlari Xalqaro jasoratli ayol

Zarifa Gʻafariy (pushtucha: ظریفه غفاري, IPA: [zariːfɑː ɣəfɑːriː]; 1992-yilda tugʻilgan)[1] — afgʻon faoli va siyosatchisi.[2][3] 2019-yil noyabr oyida Afgʻonistonning Vardak viloyati poytaxti Maydan Shahr meri boʻldi.[4] Zarifa Afgʻonistonning kam sonli ayol hokimlarining biri boʻlgan va 26 yoshida bu lavozimga tayinlangan eng yosh vakili hisoblanadi.[5] U Afgʻonistonda ayollar huquqlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlari bilan mashhur.[6] Zarifa Gʻafariy 2020-yilda AQSh Davlat kotibi tomonidan Xalqaro jasoratli ayol sifatida tanlanadi.[7] U oʻziga qilingan uchta suiqasddan omon qolgan.[8]

Hayot va martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarifa Gʻafariy 1992-yilda Kobulda tugʻilgan, afgʻon armiyasi polkovnigi va Maxsus operatsiyalar korpusi qoʻmondoni Abdul Vosi Gʻafariyning qizidir. Uning otasi 2020-yil 5-noyabr kuni Kobuldagi uyi oldida jangarilar tomonidan otib oʻldirilgan.[9][2][3] Zarifa Paktiya viloyatidagi Halima Xazan oʻrta maktabni oʻqiydi va Hindistonning Chandigarx shahridagi Panjob universitetida oliy taʼlimni davom ettiradi.

U 2018-yil iyul oyida amaldagi prezident Ashraf Gʻani tomonidan rasman Maydan Shahr meri etib tayinlanadi.[10] U Afgʻonistonning eng yosh meri boʻlib, bir nechta manbalar Zarifani Afgʻonistondagi birinchi ayol shahar hokimi sifatida atashgan.[11] Biroq, mahalliy siyosatchilar hokimlarning yoshi va jinsi haqidagi noroziliklari va tahdidlari tufayli uning Maydan Shahr meri sifatida tayinlanishi toʻqqiz oyga kechiktirilishiga toʻgʻri keladi.[12] Afgʻonistonda boshqa ayol merlar odatda madaniy jihatdan bagʻrikengroq boʻlgan hududlarga tayinlanishgan. Tolibon keng qoʻllab-quvvatlanadigan Vardak kabi anʼanaviy konservativ muhitdagi viloyatda ular yuqori mavqega ega edi.[9] Mer boʻlgan birinchi kunida u bir guruh erkaklar tomonidan taʼqibga uchraydi, ular uning ofisiga bostirib kelib, uni lavozimidan ketishi haqida ogohlantiradilar.[13] U, shuningdek, shahar hokimi lavozimini egallaganidan keyin Tolibon va IShID tomonidan oʻlim tahdidlariga ham duch kelgan. Zarifa 2019-yilning mart oyida Maydan Shahr meri sifatida qasamyod qiladi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan u Kobulda yashay boshlaydi. Zarifa oʻz shahrida axlatga qarshi kampaniyani yoʻlga qoʻya oladi va u boshqa ayollarga oʻrnak boʻla oldi.[7] U bir necha marta suiqasddan omon qoladi. 2020-yil 5-noyabrda otasi qurolli shaxslar tomonidan oʻldirilganidan keyin u bunga shunday izoh berdi: „Bu Tolibonlar ishi. Ular meni Maydan Shahrda qolishnimni istamaydilar. Shuning uchun dadamni oʻldirishdi“[14] U, shuningdek, AQShning oʻsha paytdagi Davlat kotibi Mayk Pompeodan Afgʻonistondagi Tolibon muzokaralari natijasida yuzaga kelgan noaniqliklar ortidan ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus iltimos va murojaat bilan chiqadi.

2021-yil avgust oyida, Tolibon oldinga siljishi bilan Zarifa mamlakatni tark etmasligini eʼlon qildi. 2021-yilning 15-avgustida, Kobul Tolibon qoʻliga oʻtganidan soʻng esa: „Men bu yerda oʻtirib, ularning kelishini kutyapman. Menga yoki oilamga yordam beradigan hech kimim yoʻq. Men oilam bilan oʻtiraman. Va ular menga oʻxshaganlarni qidirib kelib, bizni oʻldirishadi“[15] 2021-yil avgust oyi oʻrtalarida Afgʻoniston hukumati Tolibon tomonidan qoʻlga kiritilgandan soʻng u turmush oʻrtogʻi, onasi va besh singlisi bilan 18-avgust, chorshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yetib kelib, Afgʻonistonni tark etishadi.[16][17] Shundan soʻng, u Germaniyaning Bonn shahriga joylashishadi.[18]

U BBC tomonidan 2019-yilda dunyoning turli burchaklaridan kelgan ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 nafar ayollar roʻyxatiga kiritiladi.[19] Zarifa 2020-yilda AQSh Davlat kotibi tomonidan Xalqaro jasoratli ayol mukofotini qoʻlga kiritadi.[7]

  1. Zarifa Ghafari — RUMI AWARDS (Wayback Machine saytida 2021-01-23 sanasida arxivlangan), rumiawards.com
  2. 2,0 2,1 ʻThey will come and kill me,’ says Afghanistanʼs first female mayor, smh.com.au, 17 August 2021
  3. 3,0 3,1 Who is Zarifa Ghafari? All you need to know about Afghanistanʼs 1st female mayor who is 'waiting for Taliban to come and kill her', freepressjournal.in, August 18, 2021
  4. News. „ROKH: Interview with Zarifa Ghafari, the Mayor of Maidan Wardak province“ (en-US). Ariana News. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  5. „Afghan Mayor Zarifa Ghafari Risks Her Life for Her Community“ (en). Time. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  6. „Education Is the Key to Empowering Afghan Women“ (en-US). thediplomat.com. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 „2020 International Women of Courage Award“ (en-US). United States Department of State. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  8. Paulami Pan. „Zarifa Ghafari: Waiting for them to come; First Afghan female mayor | World News — Times of India“ (en). The Times of India (19-aug 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  9. 9,0 9,1 An Afghan Mayor Expected to Die. Instead, She Lost Her Father., nytimes.com, 06 Nov 2020
  10. „Female Mayor in Afghanistan Anticipates Her Impending Assassination“ (en-US). therealistwoman (2019-yil 23-oktyabr). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  11. „What the Return of the Taliban Means for Women and Girls in Afghanistan“. V Magazine. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  12. „Newly-appointed female Afghan mayor barred from taking office“ (en-US). The Khaama Press News Agency (2018-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  13. Faizi, Fatima; Nordland, Rod. „Afghan Town's First Female Mayor Awaits Her Assassination“ (en-US). The New York Times (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  14. Faizi, Fatima; Gibbons-Neff, Thomas. „An Afghan Mayor Expected to Die. Instead, She Lost Her Father.“. The New York Times (6-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  15. Planas, Antonio. „Female mayor in Afghanistan says she's waiting for Taliban to 'come... and kill me'“. NBC News (16-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  16. Rainer Schulze: Rettung auf der „Frauenschiene“, faz.net, 19 August 2021 (in German)
  17. „These Female Afghan Politicians Are Risking Everything For Their Homeland“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  18. „»Es ist grausam, aus seiner geliebten Heimat gerissen zu werden«“ (de). spiegel.de (24-avgust 2021-yil).
  19. „BBC 100 Women 2019: Who is on the list?“ (en-GB) (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.